Osiyo o‘yinlarining erkaklar o‘rtasidagi futbol musobaqasiga qur’a tashlandi
Musobaqa Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining Osiyo o‘yinlaridagi raqiblari ma’lum.
Joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida Yaponiyada XX Osiyo o‘yinlari turniri bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada futbol bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi ham ishtirok etadi. O‘tkazilgan qur’a natijalariga ko‘ra O‘zbekiston U-23 terma jamoasi turnirning "C" guruhidan joy oldi. Guruhdan vakillarimizdan tashqari, Filippin, Quvayt hamda Vietnam olimpiya terma jamoalari joy oldi.
Musobaqa Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida bo‘lib o‘tadi.