Osiyo chempionatining ilk kunida dzyudochilarimiz muvaffaqiyatga erishdi
Xitoyning Ordos shahrida dzyudo bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining birinchi kungi bellashuvlarida hamyurtlarimiz 3 ta medalga egalik qildi.
19 ta davlatning 200 nafarga yaqin dzyudochisi qatnashgan qit’a chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Murosasiz bellashuvlarda hamyurtlarimizdan Laziza Haydarova va Sita Qadamboyeva o‘z vaznlarida kumush, Samariddin Qo‘chqorov bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Chempionat 18-aprelga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA