Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi
Senat yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Senatning mazkur masala yuzasidan qabul qilingan qaroriga muvofiq, Akram Shukurov sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga, shundan besh yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari – sudlov hay’ati raisi etib saylandi.
Shuningdek, Bahodir Abdullayev, Sobirjon Ergashev, Begzod Haydarov, Nozimjon Jo‘rayev o‘n yillik muddatga hamda Akmal Murodov va Odil Normahmatov sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylandi.
Boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Dilshod Rajabov, Kamoliddin Tollibayev, Anvar Elmurodov, Elbekjon Turg‘unboyev Oliy sud sudyasi lavozimidan ozod etildi.
N.Abduraimova,
O‘zA