Nike kompaniyasining Jahon chempionati uchun chiqargan futbolkalari yaroqsiz bo‘lib chiqdi
Muxlislarga sotilgan futbolkalarda ham terma jamoalarga yetkazib berilgan liboslarda ham nuqsonlar ko‘zga tashlangan.
Jahon chempionati mobaynida o‘n bitta terma jamoani liboslar bilan ta’minlashi ko‘zda tutilgan Nike kompaniyasi katta muammoga duch keldi.
Jahon chempionatida ishtirok etuvchi terma jamoalarning futbolkalari sotuvida narxlar juda baland boshlangan edi. Futbolkalarning sifati esa bu narxga arzishi haqida kompaniya vakillari munosabat bildirgandi. Biroq muxlislarga sotilgan futbolkalarda ham terma jamoalarga yetkazib berilgan liboslarda ham nuqsonlar ko‘zga tashlangan. Ayniqsa Fransiya terma jamoasi bundan qattiq g‘azablanmoqda. Gap shundaki, Braziliya terma jamoasiga yetkazib berilgan futbolkalar va "uch ranglilar"ga berilgan liboslar sifatida juda katta farq bor. Bu jamoalar va futbolchilar o‘rtasida kompaniyaga nisbatan e’tirozlar keltirib chiqarmoqda.
Endilikda Nike kompaniyasi sotilgan barcha futbolkalarni qaytarib olishi mumkin.