Kecha "Navoiy–Zarafshon" yo‘nalishidagi yo‘lda bir nechta avtomobil ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir etildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro G‘. M. boshqaruvida bo‘lgan yuk mashinasi Konimex tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega A-379 yo‘lining 110-kilometrida  harakatlanib ketayotganida boshqaruvni yo‘qotishi natijasida ag‘darilib ketgan.

So‘ngra fuqaro J. S. o‘z boshqaruvida bo‘lgan "MAN" rusumli avtomashinasini ushbu yo‘nalish bo‘yicha boshqarib kelayotib hodisa joyiga yaqinlashganda tezlikni pasaytiradi. Natijada oldinda ketayotgan "Lasetti" rusumli yengil avtomashinani urib yuborishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi "Zarafshon - Navoiy" yo‘nalishi bo‘yicha kelayotgan avtomashinani urib yuoradi. Oxir oqibat 11 ta avtomashina - 3 ta yuk mashinasi va 8 ta turli rusumdagi yengil avtomashina ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir etilgan.

YTH natijasi oqibatida 16 kishi turli jarohotlar bilan shifoxonaga murojaat qilishgan. Vafot etganlar yo‘q.

Ayni paytda dastlabki tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiyda 11 ta mashina ishtirokida avtohalokat sodir etildi