«Milan» va «Galatasaroy» Rafael Leau transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi
Yakuniy qarorni esa Leauning o‘zi qabul qiladi.
«Milan» va «Galatasaroy» portugaliyalik vinger Rafael Leau transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, turk klubi 26 yoshli futbolchi uchun «Milan»ga bonuslardan tashqari 45 million yevro to‘laydi. Shuningdek, kelishuvda qo‘shimcha bonuslar ham ko‘zda tutilgan.
Transfer tafsilotlari bo‘yicha muzokaralar bugun, 27-avgust kuni davom ettiriladi. Yakuniy qarorni esa Leauning o‘zi qabul qiladi. Chunki futbolchi va «Milan»da «Aston Villa»dan ham taklif mavjud.
Avvalroq Leau «Galatasaroy» bilan 2030-yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma shartlarini kelishib olgani xabar qilingandi.
«Aston Villa» esa «Milan»ga futbolchini 8 million yevroga ijaraga olish va keyinchalik taxminan 42 million yevroga majburiy sotib olish variantini taklif qilmoqda.