Mbappe o‘yin vaqtida nega asabiylashganini tushuntirdi
Men faqat maydonning har ikki tomoni bir xil holatga keltirilishini istadim.
Kilian Mbappe JCH–2026 guruh bosqichida Iroqqa qarshi o‘yinda nima sababdan norozilik bildirganiga izoh berdi.
Eslatib o‘tamiz, ob-havo sharoiti tufayli to‘xtatilgan uchrashuv qayta boshlangach, Mbappe maydon holatidan norozi bo‘lgani kameralar nigohiga tushgandi.
“Nega asabiylashganimni so‘rayapsizmi? Biz hujum qilayotgan maydon qismi suvga to‘lib ketgandi. Taxminan 20 daqiqa davomida himoyalanayotgan tomonimizdagi maydonni tartibga keltirishdi, ammo hujum qilayotgan qismda deyarli hech narsa qilinmadi. Men faqat maydonning har ikki tomoni bir xil holatga keltirilishini istadim. Biroq bunda hech kimning aybi yo‘q, jiddiy muammo ham yuz bermadi”, — dedi Mbappe.
Ma’lumot uchun, ob-havo sabab vaqtincha to‘xtatilgan uchrashuv qayta boshlanganidan so‘ng Fransiya milliy terma jamoasi Iroq milliy terma jamoasi ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mbappe esa mazkur bahsda dubl muallifiga aylandi.