«Manchester Siti» Savinyo o'rniga 100 millionlik futbolchi olib kelmoqchi
Futbolchining klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil oxirigacha mo‘ljallangan.
«Manchester Siti» «Palmeyras»ning qanot hujumchisi Allanni transfer qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. «Shaharliklar» 22 yoshli vingeri «Tottenhem»ga o‘tishga yaqin turgan Savinyoga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchining shartnomasida tovon puli 100 million yevro etib belgilangan.
Avvalroq, qishda Rossiyaning «Zenit» klubi ham Allanga qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Sankt-Peterburg klubi «Palmeyras»ga futbolchi uchun 25 million yevro taklif qilgan. Shundan 20 million yevro kafolatlangan to‘lov, yana 5 million yevro bonuslar ko‘rinishida bo‘lishi kerak edi.
Allan «Palmeyras»ning asosiy jamoasida 2025-yil yanvaridan buyon o‘ynab kelmoqda. Shu vaqt ichida u barcha turnirlarda 95 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Allanning bozor qiymati 20 million yevroni tashkil etadi.