«Manchester Siti» 18 yoshli Ayub Buaddi transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi
Klublar Ayubning transferini 129 million yevro evaziga amalga oshirishga kelishib olgan. Shuningdek, bitimga yana 6 million yevrolik bonuslar kiritiladi.
«Manchester Siti» Fransiyaning «Lill» klubi bilan Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Ayub Buaddi transferi bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdi.
Manbaga ko‘ra, klublar 18 yoshli futbolchining transferini 129 million yevro evaziga amalga oshirishga kelishib olgan. Shuningdek, bitimga yana 6 million yevrolik bonuslar kiritiladi.
Buaddining o‘zi ham «Manchester Siti»ga o‘tishga qiziqish bildirmoqda va ayni paytda transfer yakuniy bosqichda turibdi.
Avvalroq futbolchi bilan besh yillik shartnoma shartlari kelishib olingani haqida xabar berilgandi.
Buaddi o‘tgan mavsum klub miqyosidagi barcha musobaqalarda 42 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta assist qayd etdi.
Futbolchining «Lill» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha amal qiladi.