Mamlakatimizda mahalliy xomashyoni qayta ishlashga asoslangan to‘qimachilik sanoati ko‘p asrlik tarixga ega.

Paxta xomashyosini zamonaviy usullarda yetishtirish, qayta ishlash va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, to‘qimachilik sanoatini qishloq xo‘jaligi bilan integratsiyasini kengaytirish bo‘yicha 2019 yilda bir qancha amaliy ishlar olib borildi. Jumladan, respublikaning jami paxta maydonlarining 654,5 ming gektarida (63%) 73 ta paxta-to‘qimachilik tashkilotchilari tomonidan 88 ta tumanda 1,7 million tonna paxta xom ashyosi “klaster” usulida yetishtirildi.

Tizim korxonalari tomonidan sifatli, raqobatbardosh ip kalava ishlab chiqarish maqsadida mavjud o‘rnatilgan texnologik uskunalarni modernizatsiyalash, yangi quvvatlarni yaratish ishlari olib borildi.

Yil boshidagi 808 ming tonna paxta tolasini qayta ishlash quvvatlari yil yakuniga ko‘ra 988 ming tonnaga oshirishga erishildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 fevraldagi 116-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mahalliy paxta tolasini qayta ishlovchi korxonalar tomonidan 2019 yil jami 761 ming tonna paxta tolasi o‘zlashtirildi. Ta’kidlash lozimki, ushbu natija o‘tgan yilga nisbatan 143 foiz yuqori ko‘rsatgichni qayd etgan. 

2019 yilda jami 608 ming tonna sifatli, raqobatbardosh ip kalava ishlab chiqarildi.

2020 yilda paxta tolasini qayta ishlash korxonalari quvvatlari 1,1 million tonnadan oshadi hamda 945 ming tonna paxta tolasi o‘zlashtirilib, 740 ming tonna ip kalava ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimizda 2020 yilda 740 ming tonna ip kalava ishlab chiqariladi