Mahmud – xalqaro turnir g‘olibi
Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida bo‘lib o‘tgan an’anaviy “Stranja” xalqaro turnirida bokschilarimiz bittadan oltin va bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida bo‘lib o‘tgan an’anaviy “Stranja” xalqaro turnirida bokschilarimiz bittadan oltin va bronza medalni qo‘lga kiritdi.69 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ringga chiqqan Mahmud G‘oipov Janubiy Koreya vakili Dong Jin Lini, italiyalik Vinchenso Mangiakapreni, chorak finalda qozog‘istonlik Bekzod Xolmetovni, yarim finalda xitoylik Lyu Veyni va finalda mezbon sportchi Simeon Chamovni mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Vazni 91 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida ishtirok etgan yana bir sportchimiz Sardor Begaliyev yarim finalgacha bo‘lgan janglarda shvetsiyalik Gabriel Richards va ukrainalik Gevorg Manukyanni yengib, bronza medal bilan taqdirlandi.