«Liverpul» va PSJ Bredli Barkola transferi bo‘yicha rasmiy muzokaralarni boshladi
Angliya klubi dastlabki taklif sifatida 100 million yevrodan ortiq mablag‘ taklif qilgan.
Insayder Fabritsio Romanoning X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilishicha, «Liverpul» va PSJ hujumchi Bredli Barkola transferi yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshlagan.
Manbaga ko‘ra, Angliya klubi dastlabki taklif sifatida 100 million yevrodan ortiq mablag‘ taklif qilgan. Biroq bu summa hozircha Parij klubining talab qilayotgan narxidan ancha past.
Shuningdek, Barkolaning o‘zi ham «Liverpul»ga o‘tishga qiziqish bildirmoqda. Fabritsio Romano bu istak haqida ilk bor may oyida xabar bergan edi.
O‘tgan mavsumda PSJ hujumchisi barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol va 7 ta assist muallifiga aylandi.
Transfermarkt portaliga ko‘ra, Bredli Barkolaning bozor qiymati 90 million yevroni tashkil etadi.