«Liverpul» Jed Spensga qiziqish bildirmoqda
Transfermarkt portaliga ko‘ra, Jed Spensning bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.
«Liverpul» «Tottenhem»ning o‘ng qanot himoyachisi Jed Spensni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Anfield Sector xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar o‘ng qanot himoyasini kuchaytirishni rejalashtirmoqda va 25 yoshli futbolchini boshqa nomzodlar qatorida kuzatmoqda.
Shuningdek, Angliya terma jamoasi himoyachisi «Liverpul»ga o‘tish g‘oyasiga juda ijobiy munosabat bildirayotgani qayd etilgan.
Transfermarkt portaliga ko‘ra, Jed Spensning bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.
U o‘tgan mavsum «Tottenhem» safida barcha musobaqalarda 44 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Himoyachi gol yoki assist qayd eta olmagan.
Spens o‘ng qanot bilan bir qatorda chap qanot himoyasida ham o‘ynay oladi. U bu universalligini nafaqat klub safida, balki 2026-yilgi jahon chempionatida ham namoyish etgan.