Lamin Yamalning tiklanish jarayoni tezlashmoqda
Futbolchi tiklanish ustida ishlamoqda va safga qaytish jarayonini o‘tamoqda.
Ispaniya milliy terma jamoasi va "Barselona" klubi vingeri Lamin Yamal jarohatdan deyarli tiklanib ulgurdi.
Lamin mavsumning so‘nggi qismini jarohat sabab o‘tkazib yubordi. Futbolchi tiklanish ustida ishlamoqda va safga qaytish jarayonini o‘tamoqda. Ispaniyaning Sport nashri bergan xabarlarga ko‘ra, Yamal allaqachon maydonda to‘p bilan ishlashni boshlagan. Avvalroq futbolchining jahon chempionatidagi dastlabki ikki tur uchrashuvini o‘tkazib yuborishi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Shu bilan bir qatorda ispanlar bosh murabbiyi Luis de la Fuente ma’lum miqdorda tavakkalga ham qo‘l urishi mumkinligi haqida ham gapirgan.
"Qizil furiya" jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini 15-iyun kuni Kabo-Verdega qarshi o‘tkazadi.