La Ligada so‘nggi 10 mavsumda eng ko‘p transfer xarajati qilgan klublar aniqlandi
Transfermarkt portali Ispaniya La Ligasi klublarining so‘nggi 10 mavsumdagi yangi futbolchilar uchun sarflagan mablag‘lari bo‘yicha reytingni e’lon qildi.
Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portali Ispaniya La Ligasi klublarining so‘nggi 10 mavsumdagi yangi futbolchilar uchun sarflagan mablag‘lari bo‘yicha reytingni e’lon qildi.
Reytingda «Barselona» yetakchilik qilmoqda. Kataloniya klubi ushbu davrda yangi futbolchilar xaridi uchun jami 1,4 milliard yevro sarflagan.
Ikkinchi o‘rinni «Atletiko» 1,3 milliard yevrolik xarajat bilan egallagan. «Real» esa 1,28 milliard yevro sarflab, uchinchi pog‘onadan joy olgan.
La Ligada so‘nggi 10 mavsumdagi transfer xarajatlari bo‘yicha TOP-10:
«Barselona» — 1,4 mlrd yevro
«Atletiko» Madrid — 1,3 mlrd yevro
«Real» Madrid — 1,28 mlrd yevro
«Sevilya» — 555 mln yevro
«Vilyarreal» — 472 mln yevro
«Betis» — 365 mln yevro
«Valensiya» — 332 mln yevro
«Real Sosyedad» — 226 mln yevro
«Almeriya» — 184 mln yevro
«Selta» — 178 mln yevro