Kuchlilar – mamlakat bosqichida
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan Keksalarni e’zozlash yiliga bag‘ishlab tashkil etilgan “Kasaba – tur” respublika velomarafonining Buxoro viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan Keksalarni e’zozlash yiliga bag‘ishlab tashkil etilgan “Kasaba – tur” respublika velomarafonining Buxoro viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.– Kasaba uyushmalari tizimida aholi, ayniqsa, mehnat jamoalari o‘rtasida sportning ommaviyligini ta’minlash maqsadida turli musobaqalar o‘tkazilmoqda, – deydi viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi G‘ulom Safarov. – Mazkur velomarafon ham sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish orqali ularning salomatligini mustahkamlashga qaratilgan. Musobaqaning tuman va shahar bosqichlarida 3 mingdan ziyod havaskor velosportchi ishtirok etdi. Eng yaxshi natijaga erishgan 300 velopoygachi viloyat bosqichida bahslashdi.
Musobaqada g‘olib bo‘lgan 9 nafar velosportchi velomarafonning mamlakat bosqichida qatnashadi.
– Sport bilan shug‘ullangan kishi o‘zini bardam sezadi, ishida unum bo‘ladi, – deydi musobaqa g‘olibi, 57 yoshli Abdukarim Saidov. – Men ishga velosipedda qatnayman. “Kasaba – tur” musobaqasining mamlakat bosqichiga yo‘llanma olganimdan xursandman.