Kongo Demokratik Respublikasi jahon chempionatisiz qolishi mumkin
Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi O‘zbekiston bilan bir guruhdan joy olgan.
Jahon chempionatiga tayyorgarlik bo‘yicha ijrochi direktor Endryu Juliani Kongo DR terma jamoasini ogohlantirdi.
"Biz Kongo DRga 11-iyun kuni Xyustonga kelishlaridan avval 21 kuni davomida o‘z mamlakati hududida izolyatsiya jarayonini o‘tkazishlari kerak ekanligi haqida ogohlantirdik. Shuningdek, Kongo hukumatiga izolyatsiyaga to‘liq rioya qilishliklari kerakligi, aks holda ularning Qo‘shma Shtatlarga borish imkoniyatidan mahrum bo‘lish xavfi bor ekanligi haqida ham tushuntirdik.
Aniq ayta olmaymiz. Biroq biz hech qanday virus bizning yurtimizga kirmasligiga yoki unga yaqinlashmasligiga ishonch hosil qilmoqchimiz", - dedi Juliani.
Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi O‘zbekiston bilan bir guruhdan joy olgan.