“Kitob karvoni” Katta Bayot mahallasiga yetib keldi
FOTOREPORTAJ
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Mahalla kutubxonasi” loyihasi doirasida tashkil etilgan “Kitob karvoni” Buxoro viloyati Olot tumanidagi Katta Bayot mahallasiga yetib keldi.
Mazkur ezgu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Milliy kutubxona hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida amalga oshirilmoqda.
[gallery-31328]
Tadbir doirasida mahalla aholisiga 1 ming nusxa yangi kitob taqdim etildi. Nashrlar, ayniqsa, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
“Kitobxonlik mahallasi” g‘oyasi asosida tashkil etilgan tadbirda kitobning inson hayotidagi o‘rni, mutolaaning yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va aholining ma’naviy ehtiyojlarini qondirish masalalari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Ta’kidlanganidek, kitob inson tafakkuri va ma’naviy dunyosini boyitish, dunyoqarashini kengaytirishda muhim manba hisoblanadi. Shu jihatdan, “Kitob karvoni” tashabbusi aholining kitobxonlikka qiziqishini oshirish, yoshlarni ma’rifiy muhitga jalb etish va mahallalarda kitobxonlik muhitini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA