Kirish vizasi uchun 31 ming dollar talab qilindi
3 nafar xorijiy fuqaroga noqonuniy ravishda mamlakatimiz hududiga kirish vizalarini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishi evaziga 31.200 AQSH dollari olgan vaqtida Toshkent shahrida yashovchi, 1985 y.t. shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Ushbu shaxs mazkur pul mablag‘ining 4200 dollarini o‘zida qoldirib, qolgan 27 ming dollarni poytaxtda istiqomat qiluvchi, 1960 y.t. fuqaroga berishi kerakligi aniqlanib, davom ettirilgan tezkor tadbirda, u ham 27 ming долларни olgan vaqtida DXX va IJQK Departamenti xodimlari tomonidan ushlandi.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zA