"Kelajak muhandislari" xalqaro festivali g‘oliblari taqdirlandi
Uch kun davom etgan mazkur yirik tadbir innovatsion g‘oyalar, texnologik yangiliklar va kuchli raqobat muhitiga boy bo‘ldi.
Yakunda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha eng kuchli jamoa va ishtirokchilar aniqlanib, munosib taqdirlandilar. G‘oliblar pul mukofotlari, qimmatbaho sovg‘alar hamda yetakchi kompaniyalarda amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Xususan, mashinasozlik yo‘nalishidagi “Yangi avlod avtomobili” musobaqasi festivalning eng diqqatga sazovor bellashuvlaridan biri bo‘ldi: Unda
1-o‘rin (75 mln so‘m) — Toshkent Turin politexnika universitetining “Arlot group” jamoasi
2-o‘rin (50 mln so‘m) — Jaslar texnoparki va Nukus davlat texnika universitetining “Aral Drive” jamoasi
3-o‘rin (30 mln so‘m) — Andijon davlat texnika institutining ASTI Motosport jamoasi
Robototexnika yo‘nalishidagi “Robot sapyor” musobaqasi ham katta qiziqish uyg‘otdi. Bu yo‘nalishda taqdim etilgan innovatsion ishlanmalar mamlakatimiz mudofaa tizimini yanada takomillashtirishga hissa qo‘shsa ajab emas.
1-o‘rin (20 mln so‘m) — Quruqlikdagi qo‘shinlar institutining «Sapyorlar» jamoasi
2-o‘rin (5 mln so‘m) — Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining «Arlot group» жамоаси
3-o‘rin (10 mln so‘m) — Namangan davlat texnika universitetining “Ultimate robot” jamoasi
“Arxitektura muhandisligi” yo‘nalishida o‘tkazilgan “Eng yaxshi qurilish konstruksiyasi” musobaqasi ham yuqori saviyada o‘tdi. Ishtirokchilar zilzilabardosh, innovatsion va zamonaviy konstruktiv yechimlarni taqdim etdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin (20 mln so‘m) — Toshkent arxitektura va qurilish universiteti jamoasi
2-o‘rin (15 mln so‘m) — Samarqand davlat arxitektura va qurilish universiteti jamoasi
3-o‘rin (10 mln so‘m) — Namangan davlat universiteti jamoasi
“Qishloq xo‘jaligi” yo‘nalishidagi innovatsion texnikalar musobaqasi ham yuqori saviyada o‘tdi. Unda zamonaviy agrotexnologiyalar, ekinlarni sug‘orish bo‘yicha raqamli yechimlar va avtomatlashtirilgan tizimlar keng namoyish etildi. G‘oliblar quyidagicha aniqlandi:
1-o‘rin (20 mln so‘m) — Toshkent irrigatsiya institutining “Агро muhandislar” жамоаси
2-o‘rin (15 mln so‘m) — Andijon davlat texnika institutining АСТИ AgroRoboStars жамоаси
3-o‘rin (10 mln so‘m) — Kibernetikada innovatsiyalar AT-parkining «Статус» жамоаси
Xalqaro ishtirokchilarning faol qatnashuvi festival nufuzini yanada oshirdi. Turli mamlakatlardan tashrif buyurgan yoshlar va ekspertlar o‘rtasida samarali muloqot yo‘lga qo‘yilib, yangi hamkorlik aloqalari shakllandi.
Festival doirasida o‘tkazilgan “SHHTning 100 nafar kelajak innovatori” xalqaro olimpiadasi ham alohida e’tiborga molik bo‘ldi. Aviatsiya yo‘nalishidagi dron futbol musobaqasi xalqaro miqyosdagi kuchli raqobat va yuqori texnologik yechimlar bilan ajralib turdi. Natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin — O‘zbekiston jamoasi
2-o‘rin — Xitoy Xalq Respublikasi jamoasi
3-o‘rin — Qirg‘iziston Respublikasi hamda Belarus Respublikasi jamoalari
Festival davomida aviatsiya, sun’iy intellekt, chip dizayn va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda ham qiziqarli va muhim musobaqalar tashkil etildi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ulsEPJ_cgFY" title=""Kelajak muhandislari" xalqaro festivali g`oliblari taqdirlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Doniyor Yakubov, Iskandar Ismatov, O‘zA