Karlo Anchelotti: Pedro kabi tarkibdan tushib qolgan futbolchilarga achinaman
Pedro Angliya Premyer-ligasida 34ta uchrashuvda maydonga tushib, 15ta gol va 8ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Braziliya milliy terma jamoasi ustozi Karo Anchelotti Joao Pedroning tarkibga kiritilmaganidan afsusda ekanini aytdi.
"Barcha tanlagan futbolchilarimning individual xususiyatlari bor. Joao Pedro kabi tarkibga kiritilmagan futbolchilarga achinaman. Hujumchi ajoyib mavsum o‘tkazdi, ammo biz boshqa futbolchilarni tanlashni ma’qul ko‘rdik. Uning va qaydnomaga kiritilmagan boshqa futbolchilarning kelajakda albatta imkoniyatlari bo‘ladi", - dedi italiyalik mutaxassis.
Joriy mavsumda Pedro Angliya Premyer-ligasida 34ta uchrashuvda maydonga tushib, 15ta gol va 8ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.