Karlo Anchelotti: Neymarning vazifasi ham qolganlar kabi terma jamoaga yordam berishdan iborat
Neymarning bunday katta turnirlarda ishtirok etish tajribasi, jamoaning unga bo‘lgan munosabati va uning jamoa ichida yarata oladigan muhiti biz uchun juda ham muhim.
Karlo Anchelotti: Neymarning vazifasi ham qolganlar kabi terma jamoaga yordam berishdan iborat
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘yinlar vaqti va mundialda Neymarning pozitsiyasi haqida gapirdi.
"Mening Neymarga bergan bahoiyim uning jismoniy holati bilan bog‘liq edi. So‘nggi o‘yinlarda u yaxshigina o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi va o‘zini ko‘rsata oldi. Ehtimol jahon chempionati startiga qadar uning o‘z sport formasini yanada yaxshilashga vaqt bo‘lar. Ammo uning bunday katta turnirlarda ishtirok etish tajribasi, jamoaning unga bo‘lgan munosabati va uning jamoa ichida yarata oladigan muhiti biz uchun juda ham muhim.
Aniq aytmoqchimanki, Neymar faqat bunga loyiq bo‘lgandagina o‘ynaydi. Oldinda mashg‘ulotlarimiz bor, ularning natijalariga ham qarab qaror qabul qilamiz. Men allaqachon boshlang‘ich tarkibimiz haqida tasavvurga egaman ammo mashg‘ulotlar mobaynida bu narsa o‘zgarishi ham mumkin. Hamma futbolchilarim yaxshi sport formasida va barchasi asosiy tarkibda o‘yinni boshlashga tayyor. Neymarning vazifasi ham boshqalarniki kabi terma jamoaga yordam berishdan iborat", - dedi italiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi mundialning guruh bosqichida Marokash, Shotlandiya hamda Gaiti terma jamoalari bilan kuch sinashadi.