Kaka: Anchelottining qiyin vaziyatlarga yechim topishiga ishonaman
Hech qaysi murabbiy uchun ilk mundial oson bo‘lmaydi.
Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Kaka Karlo Anchelotti haqida gapirdi.
"O‘ylaymanki, bu jahon chempionati Anchelotti uchun birinchisi bo‘lsa-da, u yuqori bosimli vaziyatlarda va qiyin holatlarga yechim topa oladi. Hech qaysi murabbiy uchun ilk mundial oson bo‘lmaydi. Argentina terma jamoasi dastlabki o‘yinda mag‘lub bo‘lib, yakunda chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. Bunday holatlar jahon chempionatining o‘ziga xos ekanini ko‘rsatadi. Marokashga qarshi o‘yin Braziliya uchun keskin va asabiy tarzda o‘tdi. Ammo endi barchasiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va ushbu o‘yinda yo‘l qo‘yilgan xatolarni keyingi bahslarda takrorlamaslik vaqti keldi", - dedi sobiq Oltin to‘p sohibi.
Braziliya terma jamoasi 2-turda 20-iyun kuni Gaitiga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv tonggi soat 05:30da start oladi.