Jud Bellingem Tuxelning tanqidiga javob berdi
Bu juda kuchli jamoa va ularga qarshi bahs olib borish oson emas.
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem JCH–2026 chorak finalida Norvegiyaga qarshi bahsdan (2:1) so‘ng bosh murabbiy Tomas Tuxelning tanqidiga munosabat bildirdi.
Avvalroq Tuxel jamoa uchrashuv davomida o‘ziga o‘zi muammolar yaratganini ta’kidlagan edi.
"Balki u Erling Xoland, Martin Edegor, Antonio Nusa va Syorlotga qarshi bunday sharoitda o‘ynash qanday ekanini bilmas. Bu juda kuchli jamoa va ularga qarshi bahs olib borish oson emas.
Shu sababli, menimcha, biz jamoa ichidagi ijobiy muhitni saqlab qolishimiz va turnirning hal qiluvchi bosqichi oldidan aynan shu ruhda davom etishimiz kerak", — dedi Bellingem.
Bellingem Norvegiyaga qarshi uchrashuvda dubl muallifiga aylandi va Angliyani JCH–2026 yarim finaliga olib chiqdi. Endi inglizlar Argentinaga qarshi maydonga tushadi.