JSST: “Ebola” bilan kasallanganlar soni 900 dan oshdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida hozirgi bosqichda “ebola” bilan bog‘liq 900 dan ortiq shubhali holatlar aniqlangani, jumladan, 101 ta holat to‘liq tasdiqlanganini ma’lum qildi.
Shuningdek, u Kongo Demokratik Respublikasida kasallikning tarqalishiga qarshi kurashishdagi qiyinchiliklarni alohida ta’kidladi. Chunki mamlakatda isyonchilar va hukumat tarafdorlari o‘rtasidagi janglar vaziyatni hal qilishga to‘sqinlik qilmoqda.
Avvalroq, JSST Kongo Demokratik Respublikasi va Ugandada “Bundibugyo” virusi keltirib chiqargan “ebola” epidemiyasi xalqaro miqyosda tashvish uyg‘otadigan favqulodda holat ekanligini bildirgan edi.
Ta’kidlanishicha, infeksiya yovvoyi hayvonlardan yuqadi va odamlarga tarqaladi. Dastlabki alomatlar orasida isitma, mushaklarning qisqarishi, bosh og‘rig‘i va tomoq og‘rig‘i bor. Ulardan keyin buyrak va jigar faoliyatining buzilishi kuzatiladi va ba’zi hollarda ichki va tashqi qon ketish ro‘y beradi.
S.Rahimov, O‘zA