Joze Mourinyo Rodrining transferida qat’iy turibdi
Madridliklar ushbu transfer oynasida Ibraima Konate, Denzel Dyumfris, Mark Kukurelya, Bernardu Silva va Karlos Espi transferlarini rasman e’lon qilgan.
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodrini jamoaga olib kelishni talab qilmoqda.
Manbaga ko‘ra, «Real» transfer bozorida faol ish olib borayotganiga qaramay, portugaliyalik mutaxassis aynan Ispaniya terma jamoasi tayanch yarim himoyachisining transferini kutmoqda.
Mourinyo Rodrini jamoaning asosiy tizimni boshqaruvchi futbolchisi, maydondagi barcha bo‘g‘inlarni birlashtira oladigan o‘yinchi sifatida ko‘rmoqda.
Qayd etilishicha, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda. «Manchester Siti» esa futbolchi uchun «Real»dan yuqori miqdordagi transfer puli olishni maqsad qilgan.
Eslatib o‘tamiz, madridliklar ushbu transfer oynasida Ibraima Konate, Denzel Dyumfris, Mark Kukurelya, Bernardu Silva va Karlos Espi transferlarini rasman e’lon qilgan.
Shuningdek, yaqin kunlarda «RB Leypsig» vingeri Yan Diomande transferi ham yakunlanishi kutilmoqda.