Joriy yil hududlarda 140 ming xonadonli ko‘p qavatli uylarni topshirish zarurligi qayd etildi
Bunda renovatsiyaga alohida e’tibor qaratish muhim ekani ta’kidlandi. Chunki shahar va shaharchalar eniga kengayib borsa, infratuzilmaga xarajat 4-5 karra oshadi, maktab, bog‘cha, poliklinikaga masofasi uzayadi, minglab gektar ekin yeri qisqaradi.
Masalan, Samarqand shahrining temir yo‘l orti hududi, Kattaqo‘rg‘on shahri, Oqtosh, Ishtixon, Bulung‘ur, Juma, Jomboy kabi shaharchalarda “barak” tipidagi uylar ko‘p. Shu bois, eskirgan uylar o‘rnida renovatsiya asosida ko‘p qavatli uylar qurish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Umuman, bu yil renovatsiya zonalarida kamida 30 ming kvartirali ko‘p qavatli uylarni foydalanishga topshirish muhimligi qayd etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
O‘zA