Joao Pedro: quvonch va qayg‘u futbolning ajralmas qismi
Endi tarkibga kiritilgan barcha futbolchilarga omad tilayman va Braziliya terma jamoasining oltinchi chempionligini ko‘rish uchun ularni qo‘llab-quvvatlayman.
Londonning "Chelsi" klubi hujumchisi Joao Pedro Braziliya terma jamoasining yakuniy qaydnomasiga kiritilmagani haqida gapirdi.
"Men mavsum mobaynida bor kuchim bilan harakat qildim va o‘zimni ko‘rsatishga intildim. Afsuski, jahon chempionatida o‘z mamlakatim sharafini himoya qilish orzumni amalga oshira olmadim. Ammo har doimgidek xotirjamman va o‘z ustimda ishlashda davom etaman. Quvonch va qayg‘u futbolning ajralmas bir bo‘lagi. Endi tarkibga kiritilgan barcha futbolchilarga omad tilayman va Braziliya terma jamoasining oltinchi chempionligini ko‘rish uchun ularni qo‘llab-quvvatlayman", - dedi Pedro.
Eslatib o‘tamiz, Joao Pedro terma jamoaning kengaytirilgan ro‘yxatidan joy olgandi, biroq yakuniy tarkibdan tushib qoldi.