Jennaro Gattuzo: "Ular oldinga siljiganda asl kuchini ko‘rsatadi"
Bosniya juda ajoyib jamoa. Jismonan baquvvat va yelkama-yelka kurashlarda istalgan raqibga bosh og‘riq bo‘la oladi.
Italiya terma jamoasi ustozi Jennaro Gattuzo Jahon chempionati saralash bosqichining pley-off raundida Bosniya va Gersogovinaga qarshi bahs oldidan raqiblarning o‘yini haqida fikr bildirdi.
"Bosniya juda ajoyib jamoa. Jismonan baquvvat va yelkama-yelka kurashlarda istalgan raqibga bosh og‘riq bo‘la oladi. Kurashishni biladigan yaxshi jamoa shakllanib ulgurgan. Ular oldinga qarab yurganida buni his qilasiz. Ayniqsa qanotlardan reydlar amalga oshirishda ideal o‘yin namoyish eta oladi. Bu esa har qanday jamoa uchun bosh og‘rig‘i bo‘ladi", - dedi italyan mutaxassisi.
Shu bilan bir qatorda Gattuzo o‘z shogirdlarining raqibga nisbatan hurmatda bo‘layotgani va 2014-yildan buyon amalga oshmayotgan Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kirishni asosiy vazifa sifatida belgilab olingani haqida to‘xtalib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, Bosniya hamda Italiya o‘rtasidagi pley-off uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:45da start oladi.