JCh-2026 klublar va ligalar kesimida: APL va "Manchester Siti" — mutlaq yetakchi
APL yaqin ta’qibchilarini «sezmayapti»Yevropaning «kuchli beshlik» ligalari mundialning asosiy poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda.
Nufuzli The Athletic nashri bo‘lajak Jahon chempionatida ishtirok etadigan 48 ta terma jamoa qaydnomalarini tahlil qilib, musobaqaning asosiy «donor» klublari va milliy chempionatlari reytingini e’lon qildi.
Ligalar reytingi: APL yaqin ta’qibchilarini «sezmayapti»Yevropaning «kuchli beshlik» ligalari mundialning asosiy poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, Angliya chempionati raqobatchilardan katta farq bilan o‘zib ketgan:
APL (Angliya) — 154 nafar futbolchi
Bundesliga (Germaniya) — 93 nafar
Liga 1 (Fransiya) — 78 nafar
La Liga (Ispaniya) — 74 nafar
A Seriya (Italiya) — 66 nafar
Top-5dan tashqarida: Saudiya Arabistoni Pro-ligasi (47 ta) va Shimoliy Amerikaning MLS (44 ta) chempionatlari Yevropa grandlaridan keyingi eng kuchli ko‘rsatkichlarni qayd etgan.

Klublar reytingi: «Manchester Siti» — eng yirik «delegatsiya»
Klublar miqyosida Pep Gvardiola shogirdlari dunyoda tengsiz bo‘lib turibdi. «Shaharliklar»dan jami 19 nafar vakil Okean ortiga yo‘l olmoqda. Myunxenning «Bavariya» klubi esa bor-yo‘g‘i birgina futbolchi farqi bilan inglizlarni ta’qib qilmoqda.
Eng ko‘p futbolchisi JCHga yo‘l olgan top-klublar:
«Manchester Siti» — 19 nafar
«Bavariya» — 18 nafar
PSJ — 16 nafar
«Arsenal» — 16 nafar
«Barselona» — 15 nafar

Osiyo grandi ham topda: Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi o‘z safidan 12 nafar futbolchini JCHga jo‘natmoqda va bu ko‘rsatkich bo‘yicha «Manchester Yunayted» hamda «Atletiko Madrid» kabi grandlar bilan bir xil natija qayd etgan.
Kutilmagan fakt: Madridning «Real» klubidan bu safar bor-yo‘g‘i 10 nafar futbolchi mundialga chaqirilgan. Bu hatto Angliyaning 2-divizioni (Chempionship) vakili «Sanderlend» (9 nafar) ko‘rsatkichiga juda yaqindir.