JCH-1990. Zerikarli o‘yin va shiddatli kurash
Ba'zi davlatlar uchun bu so'nggi jahon chempionatiga aylangan.
Turnir haqida top-10 fakt
1. Gollar taqchilligi
JCH-1990 musobaqalar tarixidagi eng past mahsuldorlik qayd etilgan turnir bo‘lib qolmoqda: har bir o‘yinga o‘rtacha 2,21 ta gol to‘g‘ri kelgan (52 ta uchrashuvda 115 ta gol). Bu antirekord hozirgacha yangilanmagan.
2. Mezbonlik masalasi
Dastlab jahon birinchiligiga Sovet Ittifoqi-mezbonlik qilishi kerak edi. Ammo 1984-yilda, mezbon mamlakat aniqlanayotgan vaqtda, SSSR Los-Anjelesdagi Olimpiadaga boykot e’lon qiladi. Xalqaro siyosiy vaziyatni yanada murakkablashtirmaslik uchun FIFA chempionatni o‘tkazish huquqini Italiyaga topshiradi.
3. Maskot
JCH-1990ning rasmiy maskoti «Chao» (Ciao) deb nomlangan. U boshi futbol to‘pidan iborat bo‘lgan odamcha ko‘rinishida edi. «Chao» jahon Jazoyirga tarixida yuz tuzilishi umuman mavjud bo‘lmagan birinchi va yagona maskot hisoblanadi.
4. Qo‘pol o‘yin
Ushbu turnirda o‘sha davr uchun rekord darajadagi qizil kartochkalar — 16 ta chetlatish qayd etilgan. Jahon Jazoyirga tarixida ilk bor final uchrashuvida futbolchi maydondan chetlatildi, unda ham bir yo‘la ikki nafar argentinalik o‘yinchi — Pedro Monson va Gustavo Desotti qizil kartochka oldi.
5. Linekerning muammosi
Angliya va Irlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan bir kun oldin Gari Lineker oshqozon infeksiyasi tufayli ichburug‘ (diareya) orttirib oladi. Biroq jamoasiga yordam berishni juda xohlagani uchun buni bosh murabbiy Bobbi Robsondan sir tutadi.Birinchi bo‘limda hujumchi o‘zini yomon his qilsa-da, chidaydi va hatto gol urishga ham erishadi. Ammo ikkinchi bo‘limda organizmi pand beradi va noxush holat yuz beradi... Maydonda o‘tirgan Lineker o‘ziga yaqinlashib kelgan jamoadoshi Gari Stivensga qarab: «Ichim ketib qoldi», deya chin dildan iqror bo‘ladi. Natijada u zaxiraga olinadi.
6. Kamerun terma jamoasi
Sovet mutaxassisi Valeriy Nepomnyashiy qo‘l ostidagi Kamerun termasi turnirning bosh sensatsiyalaridan biriga aylandi. Ochilish o‘yinidayoq kamerunliklar amaldagi jahon chempionlari — argentinaliklarni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.Jamoa tarkibida 38 yoshli Roje Milla yorqin o‘yin namoyish etdi. U 1/8 finalda Kolumbiya darvozasiga 2 ta gol urib, o‘sha vaqtda jahon Jazoyirga tarixidagi eng yoshi katta gol muallifiga aylandi (o‘shanda u 38 yoshu 20 kunlik edi; ushbu rekordni Millaning o‘zi 1994-yilda yangilagan).Chorak finalda Kamerun Angliyaga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da, ushbu bosqichgacha yetib kelgan ilk Afrika jamoasi sifatida tarixga kirdi.
7. Maradonaning dramasi
Yarim finalda Argentina Italiyani mag‘lub etgach, butun Apennin yarim oroli Maradonaga nafrat ko‘zi bilan qaray boshladi. E’tiborlisi, o‘yin Maradona «tirik xudo» darajasiga ko‘tarilgan Neapol shahrida bo‘lib o‘tgan edi. Ammo o‘sha uchrashuvdan so‘ng hamma narsa o‘zgardi va bu holat yarim yildan keyin uning «Napoli» klubini tark etishiga asosiy sabablardan biri bo‘ldi.

8. Tanqidlarga sabab bo‘lgan final
GFR va Argentina o‘rtasidagi final uchrashuvi taqdirini o‘yin tugashiga 5 daqiqa qolganda meksikalik hakam tomonidan belgilangan bahsli penalti hal qildi. Uni Andreas Breme aniq amalga oshirdi.Jamoaning asosiy penaltichisi Lotar Matteus esa birinchi bo‘limda butsasining tag qismi (podoshvasi) yorilib ketgani va zaxiradagi noqulay butsada o‘ynayotgani sababli zarba berishdan bosh tortgan edi.Maradona mag‘lubiyatda FIFAni aybladi va taqdirlash marosimida tashkilot prezidenti Joao Avelanj bilan qo‘l berib ko‘rishishni rad etdi. U terma jamoa yarim finalda Italiyani musobaqadan chiqarib yuborgani uchun shu tariqa jazolandi, deb hisoblagan.Ma’lumot uchun, Argentina jahon Jazoyirga finalida birorta ham gol ura olmagan ilk jamoa bo‘ldi.
9. Kayzer Frans
GFR terma jamoasi bosh murabbiyi Frans Bekkenbauer Mario Zagallodan keyin jahon chempionatida ham futbolchi, ham murabbiy sifatida zafar quchgan dunyodagi ikkinchi shaxsga aylandi.
10. Ba’zi terma jamoalar uchun so‘nggi turnir
JCH-1990 SSSR, Chexoslovakiya va Yugoslaviya terma jamoalari uchun oxirgisi bo‘ldi — bu davlatlar 1991–1992-yillarda parchalanib ketdi. Shuningdek, bu G‘arbiy Germaniya (GFR) nomi ostidagi so‘nggi mundial edi; Yevro-1992da yurt bayrog‘ini allaqachon birlashgan Germaniya jamoasi himoya qilgan.