“Jadidlar izidan” tanlovining hududiy bosqiçi ğoliblari aniqlandi
Nukus şahridagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida “Jadidlar izidan” respublika tanlovining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçi bölib ötdi.
Yoşlar örtasida jadid maʼrifatparvarlarining boy ilmiy, adabiy va maʼnaviy merosini keng tarğib etiş, öquvçilarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirişga qaratilgan mazkur tanlovning tuman va şahar bosqiçlarida 20 ming nafardan ziyod öquvçi iştirok etdi.
Hududiy bosqiçda davlat va nodavlat taʼlim muassasalarining quyi bosqiçlarda ğoliblikni qölga kiritgan 6–8 hamda 9–10-sinf öquvçilari ikki toifada özaro bellaşdi.
Iştirokçilar boşqotirmalarni yeçiş, asar tahlili va inşo yoziş şartlari böyiça öz bilim va iqtidorini namoyon etdi. Ularning natijalari 100 ballik tizim asosida baholandi.
Yakuniy natijalarga köra, Nukus şahridagi 32-maktabning 6-sinf öquvçisi Gözaloy Sodiqova hamda Nukus tumanidagi 22-maktabning 10-sinf öquvçisi Gözal Doşbayeva öz toifasida birinçi örinni egalladi.
Ğolib va sovrindorlar diplom, statuetka hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
[gallery-32769]
Mazkur tanlov yoş avlodning jadidçilik harakati tarixi va maʼrifatparvar ajdodlarimiz merosiga qiziqişini oşiriş, mustaqil va tahliliy fikrlaş qobiliyatini rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Maqsad HABIBULLAYEV (surat), ÖzA