Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun uchta variant bor
Asosiy uchta nomzod esa Roberto Manchini, Antonio Konte va Massimiliano Allegri hisoblanadi.
Italiyalik taniqli jurnalist Simone Tonya Italiya terma jamoasini kim boshqarishi haqidagi savollarga izoh berdi.
"Hozircha Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi aniq bo‘lgan mutaxassis yo‘q. Ammo bir nechta variantlarni Italiya futbol federatsiyasi ko‘rib chiqmoqda. Iyun oyida bo‘lib o‘tadigan ikkita uchrashuvda "skuadro adzurri"ga yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Silvio Baldini ustozlik qiladi. Keyin esa federatsiya qiyin tanlov amalga oshirishiga to‘g‘ri keladi. Chunki juda qiziqarli variantlar bor. Asosiy uchta nomzod esa Roberto Manchini, Antonio Konte va Massimiliano Allegri hisoblanadi", - dedi insayder.
Ma’lumot uchun, Jennaro Gattuzo Jahon chempionati saralash o‘yinlaridagi muvaffaqiyatsizlik sabab Italiya terma jamoasidan iste’foga chiqqan edi.