Italiya terma jamoa sobiq ustozi Jennaro Gattuzo o‘zini Rossiyada sinab ko‘rmoqchi
Men Rossiyada ishlashni xohlayapman.
Italiyalik sobiq futbolchi va terma jamoaning sobiq ustozi Jennaro Gattuzo Rossiya Premyer-ligasida ishlamoqchi.
"Men Rossiyada ishlashni xohlayapman. Agar menga ushbu yurtdan taklif tushsa bajonidil qabul qilgan bo‘lardim. Mening ishim mashq qilish va agarda munosib taklif tushadigan bo‘lsa, men o‘zimni Rossiyada sinab ko‘rishga tayyorman", - dedi Gattuzo.
Ma’lumot uchun, Jennaro Gattuzo Italiya terma jamoasining muvaffaqiyatsiz o‘yini va jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmagani sababli lavozimidan ozod etilgan edi.