Ispaniya Fransiyani magʻlub etib, ilk finalchiga aylandi
Uchrashuv yakunlandi.
Jahon chempionatining olk yarim final uchrashuvi yakunlandi.
Turnirning ikkita asosiy favoriti Fransiya va Ispaniya terma jamoalari final yoʻllanmasi uchun oʻzaro bahs olib bordi. Dallasda boʻlib oʻtgan uchrashuvning 22-daqiqasida Lamin Yamalga nisbatan ishlatilgan qoʻpollik sabab belgilangan penaltini Mikel Oyarsabal golga aylantirdi. Oʻyin tizgini goldan soʻng fransuzlar tomoniga oʻtib ketgan boʻlsa-da, vaziyatlar gol bilan yakunlanavermadi. 58-daqiqaga kelib Pedro Porro oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Jamoalar uchrashuv soʻnggiga qadar koʻplab hujumlar tashkil qilgan boʻlsa-da darvozalarga boshqa toʻp kiritilmadi. Yakuniy hisob 2:0 Ispaniya finalda!