Iroq va Suriya iqtisodiy kelishuvga tayyorlanmoqda
Iroq va Suriya Amerika Qo‘shma Shtatlari tashabbusi bilan iqtisodiy aloqa o‘rnatish to‘g‘risidagi kelishuvni imzolashga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb yozdi “Asharq Al-Awsat” gazetasi xabardor manbalarga tayanib.
Bunday hujjat Iroq Bosh vaziri Ali Az-Zaydiyning iyul oyi o‘rtalarida Vashingtonga tashrifi doirasida imzolanishi rejalashtirilgan. Bu qadam Levantda “mintaqadagi Amerikaga qarshi ishlaydigan qo‘nalg‘ani yo‘q qilish”ga qodir yangi ittifoq tuzish uchun zamin yaratishi mumkin.
Shuningdek, nashr Suriya tashqi ishlar vaziri Asad Hasan Ash-Shiboniy iyul oyi o‘rtalarida Iroq hukumati rahbari bilan uchrashish uchun Amerika poytaxtiga borishini ta’kidlagan. Qolaversa, AQSH maxsus elchisi Tomas Barrakning bevosita ishtirokida Bag‘dod va Damashq kelishuvi loyihasi tayyorlanmoqda. Keyingi bosqichda boshqa arab davlatlari ham mazkur iqtisodiy tashabbusga qo‘shilishi kutilyapti.
Iroqning avvalgi hukumatida siyosiy maslahatchi vazifasini bajargan Az-Zaydiy jamoasi hozir Suriya ham jalb etilgan mintaqaviy iqtisodiy kelishuvni rasmiylashtirish uchun maxsus tayyorgarlik ko‘rilayotganini tasdiqladi.
Darvoqe, maqolada Az-Zaydiy tashrifi Bag‘dodning strategik qayta yo‘naltirilishida o‘tish davri bosqichini belgilashi mumkinligi ham aytilmoqda. Hozirgi jarayon Prezident Ash-Shara’ning Oq uyga tashrifidan keyingi vaziyat bilan taqqoslanmoqda. Ya’ni, ushbu voqea Damashqning G‘arb guruhi bilan yaqinlashuvida burilish nuqtasi bo‘ldi.
S.Rahimov, O‘zA