Ilyos Zeytullayev: O‘zbekiston mundialda guruhdan chiqsa katta yutuq bo‘ladi, ammo mo‘jiza emas
Umuman olganda O‘zbekistonda futbol yangi bosqichga ko‘tarildi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq futbolchisi Ilyos Zeytullayev "oq bo‘rilar"ning jahon chempionatida pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatlari haqida gapirdi.
"Bundan 10-yil avval O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionati pley-off bosqichiga chiqishi mo‘jiza sifatida qabul qilingan bo‘lsa, ayni vaqtda "oq bo‘rilar" bunga munosib jamoa sanaladi. Abduqodir Husanov "Manchester Siti"da o‘ynaydi, Fayzullayevni rossiyaliklar SSKA orqali tanishadi. Shomurodov esa Turkiyada tengsiz bo‘ldi. Umuman olganda O‘zbekistonda futbol yangi bosqichga ko‘tarildi. Mabodo, Kannavaro Italiya futboli notalarini jamoaga olib kirishga ulgursa, bu juda yaxshi natijalarga olib kelishi mumkin. Agar terma jamoamiz guruhdan chiqsa, bu katta yutuq bo‘ladi, lekin mo‘jiza emas", - Zeytullev.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi mundialdagi debyut o‘yinini 18-iyun kuni Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi.