Gvardiola Mourinyo haqidagi hujjatli filmda suratga tushishga bir shart bilan rozi bo‘lgan
Mourinyoga bag‘ishlangan uch qismli film premyerasi 11-avgust kuni Netflix platformasida bo‘lib o‘tdi.
Ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyoga bag‘ishlangan uch qismli hujjatli filmda ishtirok etishga taklif qilingan, biroq yakuniy versiyadan joy olmagan. Bu haqda The Sun xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, loyiha rejissyori Jo Perlman film ijodkorlari Gvardiolaga intervyu berish taklifi bilan murojaat qilganini tasdiqlagan.
Avvalroq «Barselona», «Bavariya» va «Manchester Siti»ni boshqargan ispaniyalik mutaxassis taklifga dastlabki roziligini bildirgan, ammo bitta shart qo‘ygan — u bilan Mourinyoning shaxsan o‘zi gaplashishi kerak edi.
Biroq tomonlar yakunda kelishuvga erisha olmagan va Gvardiola hujjatli filmda ishtirok etmagan.
Mourinyoga bag‘ishlangan uch qismli film premyerasi 11-avgust kuni Netflix platformasida bo‘lib o‘tdi.
Mourinyo va Gvardiola o‘tmishda Ispaniya hamda Angliya chempionatlarida ishlagan davrlarida prinsipial raqiblar sifatida qarama-qarshi bo‘lgan.