Gruziya va Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Batumida uchrashdi
Gruziya va Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlarining Batumidagi birinchi qo‘shma uchrashuvi yakunlandi.
“AzerTAJ” xabariga ko‘ra, Gruziya TIV xabariga ko‘ra, uchrashuvda Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ishtirok etdi.
Birinchi qo‘shma uchrashuvda Gruziya va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi sheriklik munosabati dinamikasi muhokama qilindi, umumiy manfaatlarga asoslangan siyosiy muloqot va hamkorlikni mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.
Tomonlar Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda Gruziya va Markaziy Osiyo mamlakatlarining rolini ta’kidlab, O‘rta yo‘lak salohiyatidan to‘liq foydalanish muhimligiga alohida e’tibor qaratdilar. Xususan iqtisodiyot, savdo, transport va turizm kabi muhim sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirish imkoniyati tahlil qilindi.
A.Mamatov, O‘zA