Germaniya terma jamoasi futbolchisi Lennart Karl jarohat oldi
Hozircha futbolchining aniq tashxisi va tiklanish muddati bo‘yicha rasmiy ma’lumot e’lon qilinmagan.
"Bavariya" va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Lennart Karl milliy jamoaning navbatdagi mashg‘ulotlaridan birida jarohat oldi.
Nemislar bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann vaziyat yuzasidan izoh berib, futbolchining holati jiddiy xavotir uyg‘otayotganini ma’lum qildi:
“Lennart Karl bugungi mashg‘ulotda jarohat oldi. Vaziyat unchalik yaxshi ko‘rinmayapti. U qo‘shimcha tekshiruvlar uchun shifoxonaga yuborildi. Endi aniq tashxis qo‘yilishini kutishimiz kerak. Shundan keyingina uning Jahon chempionatiga borishi yoki tarkibga boshqa futbolchi chaqirishimizga to‘g‘ri kelishini bilamiz”,- dedi Nagelsman.
Agar Karlning jarohati jiddiy ekani tasdiqlansa, bu Germaniya uchun mundial arafasida katta yo‘qotish bo‘lishi mumkin. Hozircha futbolchining aniq tashxisi va tiklanish muddati bo‘yicha rasmiy ma’lumot e’lon qilinmagan.