G‘olib jamoa mamlakat bosqichida
Navoiyda voleybol bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida “Kamolot” oltin to‘pi” musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Navoiyda voleybol bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida “Kamolot” oltin to‘pi” musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan jamoalar o‘zaro bahslashdi. Musobaqaning viloyat bosqichida tuman va shaharlardan 30 yoshgacha bo‘lgan havaskor voleybolchilar ishtirok etdi.
Qiziltepa tumani tibbiyot birlashmasi jamoasi birinchi o‘rinni egallab, musobaqaning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi. Konimex tumanidagi 8-bolalar va o‘smirlar sport maktabi voleybolchilari ikkinchi, Navoiy shahar tibbiyot birlashmasi sportchilari uchinchi bo‘ldi.