FOTOGALEREYA: Yoshlar – Yangi O‘zbekiston tayanchi
O‘zbekistonda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Yoshlarga oid davlat siyosati doirasida ta’lim, ilm-fan, sport, tadbirkorlik va axborot texnologiyalari sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qilayotir.
[gallery-30150]
Mamlakatimizda Yoshlar kuniga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va sport tadbirlari, intellektual tanlovlar, ochilayotgan zamonaviy kutubxonalar, yoshlar markazlari hamda yangi ishlab chiqarish korxonalarida yaratilayotgan ish o‘rinlari yosh avlod uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning amaliy ifodasidir.
Ushbu fotogalereyada yurtimizning turli hududlarida yoshlarning ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, innovatsion g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishi va jamiyat hayotidagi faol ishtiroki aks etgan lavhalar jamlangan.
O‘zA