FIFA jahon chempionatida futbolchilarning maydonga tushib kelishiga ham o‘zgarish kiritmoqchi
FIFA vakillari hozirda an’anaviy futbol yondashuvini bir chetga surgan holda, futbolchilarning maydonga chiqib kelishining yangicha shaklini sinovdan o‘tkazmoqda.
FIFA joriy yilda bo‘lib o‘tadigan 4-yillikning eng nufuzli futbol musobaqasi sanaladigan jahon chempionatida o‘zgarishlar qilmoqchi.
FIFA vakillari hozirda an’anaviy futbol yondashuvini bir chetga surgan holda, futbolchilarning maydonga chiqib kelishining yangicha shaklini sinovdan o‘tkazmoqda. Shu bilan birga, FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining hal qiluvchi bosqichida sinovdan o‘tkazilgan maydonga tushish tizimidan foydalanishni ham istamayapti. O‘sha turnirda stadion diktori har bir futbolchining ismini aytib maydonga tushayotganini e’lon qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati bahslari 11-iyundan 19-iyulgacha AQSh, Meksika va Kanada yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadi.