FIFA Gilermo Ochoaga bag‘ishlangan xayrlashuv posti e’lon qildi
Jahon chempionatlari tarixidagi yoshi eng katta oltinchi futbolchi va mundialning haqiqiy afsonasi.
FIFA matbuot xizmati meksikalik afsonaviy darvozabon Gilermo Ochoaning professional faoliyatini yakunlagani munosabati bilan maxsus post e’lon qildi.
Jahon chempionatlari tarixidagi yoshi eng katta oltinchi futbolchi va mundialning haqiqiy afsonasi.
Bu yil rekord darajadagi oltinchi jahon chempionatida ishtirok etgan meksikalik Gilermo Ochoa futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
“Sizga nafaqadagi hayotingizda omad tilaymiz, Gilermo!" — deyiladi FIFA bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, Ochoa Meksika terma jamoasi safida 154 ta uchrashuv o‘tkazgan. Uning faoliyatidagi so‘nggi klubi Kiprning AEL Limassol jamoasi bo‘ldi.
«Amerika» akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Ochoa professional faoliyatidagi eng ko‘p o‘yinlarni aynan shu klub safida o‘tkazgan. Shuningdek, u «Ajachcho», «Malaga», «Granada», «Standard» va yana bir qator klublarda to‘p surgan.