Fargʻona viloyati xabarlari qisqa satrlarda
Fargʻona viloyati statistika boshqarmasi Fargʻona viloyati doimiy aholisi sonini maʼlum qildi.
Fargʻona viloyati statistika boshqarmasi Fargʻona viloyati doimiy aholisi sonini maʼlum qildi.
Viloyatda 2020-yilning 1-iyul holatiga doimiy aholi soni 3 million 782,2 ming kishini tashkil etmoqda. Aholi yil boshidan 30,2 ming kishiga yoki 0,8 foizga oʻsgan.
Shundan, shahar aholisi soni 2 mln 133,2 ming kishini, qishloq aholisi esa 1 mln 648,9 ming kishini tashkil etadi.
*
Qoʻqon shahrida joylashgan Arziq-tepa koʻchasi, 148-xonadonda istiqomat qiladigan imkoniyati cheklangan fuqaro Tolibjon Rustamov istiqomat qiladigan uy yangitdan qurib berildi.
3 nafar farzandli, ijtimoiy himoyaga muhtoj mazkur oila endilikda zamonaviy va qulay xonadonda yashashadi.
Yangitdan qurilgan uyda oshxona, hammom ham qad koʻtardi. Sanitariya tizimlari yangi jihozlar bilan taʼminlandi.
*
Fargʻona shahrining Qirguli mavzesida Fargʻona shahar Davlat xizmatlari markazining filiali tashkil etildi.
Filial 70 ming aholi joylashgan Qirguli mavzesidagi fuqarolarning uzogʻini yaqin qildi. Oldin fuqarolar markaz xizmatlaridan foydalanish uchun 11 km yoʻl bosib markazga kelishga majbur boʻlgan.
Tashkil etilgan DXM filiali jismoniy va yuridik shaxslarga mobil davlat xizmatlari koʻrsatiladigan 130 dan ortiq xizmatlarning barchasidan foydalanish imkoniyati mavjud.