Fabritsio Romano: «Liverpul» Barkola transferini amalga oshirishga hali ham umid qilmoqda
«Liverpul» esa o‘ziga kerakli futbolchini qo‘lga kiritadi.
Mashhur insayder Fabritsio Romano «PSJ» vingeri Bredli Barkolaning «Liverpul»ga o‘tishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
«Qizillar» fransiyalik futbolchiga qiziqishni davom ettirmoqda, biroq hozircha «PSJ» bilan transfer shartlari bo‘yicha kelisha olmayapti.
«PSJ» hujum chizig‘ida hozir olti yoki yetti nafar futbolchi bor. Shu sababli Barkolaning ketishi klub uchun foydali bo‘lishi va katta daromad keltirishi mumkin. «Liverpul» esa o‘ziga kerakli futbolchini qo‘lga kiritadi.
Barkola bir yildan beri «Liverpul»ning transfer maqsadlaridan biri bo‘lib kelmoqda. Men bu transfer amalga oshish ehtimoli yuqori ekaniga hamon ishonaman», — dedi Romano.
Mish-mishlarga ko‘ra, Liga 1 grandi Barkola uchun 150 million yevrodan ortiq mablag‘ talab qilmoqda. 23 yoshli futbolchining o‘zi esa «Liverpul»ga o‘tishga rozilik bergan.