Fabio Kannavaro: Shogirdlarim qiyinchiliklarga duch kelishdi, ammo bir soniya ham taslim bo‘lishmadi.
Kolumbiyaga qarshi o‘yindan keyin ham jamoamdan faxrlanishimni aytgandim, bugun ham jamoam bilan faxrlanaman.
Fabio Kannavaro Portugaliyaga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Albatta Jahon chempionatidagi ilk ishtirok oson boʻlmasligi tabiiy. Qur’a natijalari chiqqanidan so‘ng Kolumbiya va Portugaliyani ko‘rib, bizni juda qiyin guruh kutayotganini kutgandik.
Kolumbiyaga qarshi o‘yindan keyin ham jamoamdan faxrlanishimni aytgandim, bugun ham jamoam bilan faxrlanaman. Chunki ularni ko‘rdim. Ha, qiyinchiliklarga duch kelishdi, ammo bir soniya ham taslim bo‘lishmadi.
Albatta, barcha chiziqlarda yuqori saviyadagi futbolchilarga ega jamoaga qarshi o‘ynash doim qiyin.
Shubhasiz, ular juda katta motivatsiya bilan maydonga tushishgan edi. Biroq ayganimdek, bu Jahon chempionati biz uchun tajriba",- dedi Kannavaro.