ESPN dunyoning eng yaxshi hujumkor yarim himoyachilari reytingini tuzdi
Reytingda kutilmagan nomlar ham bor.
ESPN mutaxassislari dunyoning eng yaxshi hujumkor yarim himoyachilari reytingini e’lon qildi. Unda «Manchester Yunayted» sardori Bruno Fernandes birinchi o‘rinni egalladi.
Qizig‘i, portugaliyalik futbolchi o‘tgan yilgi reytingda oltinchi pog‘onada qayd etilgandi.
Bu yilgi reytingda ikkinchi o‘rinni «Real» yarim himoyachisi Jude Bellingham egalladi. Kuchli uchlikka «Liverpul» vakili Dominik Soboslay ham kirdi.
ESPN reytingidagi kuchli o‘ntalik quyidagicha:
Bruno Fernandes — «Manchester Yunayted»
Jude Bellingham — «Real»
Dominik Soboslay — «Liverpul»
Ryan Sherki
Niko Pas
Martin Odegaard
Morgan Rojers
Skott Maktominay
Arda Gyuler
Kristof Baumgartner