Eronda 138 000 fuqarolik ob’ekti talafot ko‘rgan
AQSH va Isroilning Eronga uyushtirgan havo hujumi ortidan minglab fuqarolik ob’ekti, jumladan turar-joy, maktab va tibbiyot muassasalariga jiddiy zarar yetgani ma’lum bo‘ldi.
Qayd etilishicha, jami 138 000 ga yaqin fuqarolik ob’ektiga jiddiy zarar yetgan. Talafot ko‘rgan inshootlarning aksari – 113 000 dan ziyodini turar-joy binolari tashkil etadi. Bu haqda SNN.IR xabar bermoqda.
Shuningdek, zarbalar oqibatida qariyb 23 500 tijorat nuqtasi, 993 maktab, 300 dan ko‘p tibbiyot muassasasi va 32 universitet binosi zararlangan. Mamlakatning turli hududlaridagi ijtimoiy va muhim infratuzilma ob’ektlari ham to‘pga tutilgan. Joriy yil 28-fevral kuni AQSH va Isroil kuchlari Eronga qarshi harbiy amaliyot boshlagan. Hujum asosan Tehron va boshqa yirik shaharlarga qaratilgan. Bunga javoban Tehron ham keng ko‘lamli qarshi amaliyot o‘tkazdi va mintaqadagi AQSH harbiy bazalariga zarba berdi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA