Eldor Shomurodov: "Rossiya chempionati Yevropaga ketish uchun tramplin edi"
Agar Rossiyaga borish siyosiy muammo bo‘lsa, keyinchalik Yevropaga yo‘l olish yanada og‘irroq bo‘ladi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Istanbul Bashakshexir" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov nega o‘zbek futbolchilarining Rossiya Premer-ligasida yo‘q ekani haqida gapirdi.
"Hozir o‘zbekistonlik futbolchilarga barcha davlatlardan qiziqishlar bo‘lyapti. Ko‘plab skautlar yurtimizga kelib, yosh futbolchilarning o‘yinlarini kuzatib bormoqda. Bu esa juda ajoyib holat. Rossiya esa avvallari Yevropaga ketish uchun futbolchilarga tramplin vazifasini bajarib berar edi. Chunki RPL orqali Yevropaga yo‘l olish oson edi. Hozir esa vaziyat o‘zgargan. Ular to‘g‘ridan to‘g‘ri futbolchilarni kuzatib borishmoqda. Agar Rossiyaga borish siyosiy muammo bo‘lsa, keyinchalik Yevropaga yo‘l olish yanada og‘irroq bo‘ladi. Shu sababdan ham RPLda o‘zbeklar kamaydi deb o‘ylayman", - dedi Shomurodov.
Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov o‘z vaqtida Rossiyaning "Rostov" klubidagi yorqin o‘yinlari evaziga Italiyaning "Jenoa" klubi bilan shartnoma imzolagan edi.